О‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamkorligi hamda О‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi muassisligida nashr etiladigan “Yoshlar ovozi” gazetasining navbatdagi sonida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakultetining Haykaltaroshlik ta’lim yо‘nalishi bitiruvchisi Tohirjon Ahmedovning ijodiy faoliyati tо‘g‘risida maqola nashr etildi.