Kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarining 3-kuni ham samarali tashkil etildi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda.

 

Bugun – 3 AVGUST kuni

 

1. Professional ta’lim: dizayn (interyerni loyihalash)

2. Dizayn: interyerni loyihalash

3. Dizayn: sanoat dizayni

4.  Dizayn: reklama va amaliy grafika

5. Dizayn: kompyuter grafikasi va badiiy foto ta’lim yо‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar о‘tkazilmoqda.

 

О‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur, Bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova, institut rektori Abbosjon Mirzorahimov, Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bо‘yicha rektor maslahatchisi Qosimjon Mamajonovlar mazkur jarayonlarni bevosita kuzatib borishmoqda.

 

MRDI Matbuot xizmati