Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning “Zahira kuni” ham samarali tashkil etildi.

Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida  kasbiy (ijodiy) imtihonlarning “Zahira kuni” bo‘lib o‘tdi.

 

Mazkur “Zahira kuni”da hujjatlarini Davlat test markaziga topshirishda texnik xatoliklarga yo‘l qo‘ygan va xato-kamchiliklari to‘g‘irlangan abituriyentlar, shuningdek, betobligi va sog‘ligidagi muammolari sabab kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnasha olmagan va tibbiy ma’lumotnomaga ega abituriyentlar uchun alohida imtihon jarayonlari tashkil etildi.

 

 

MRDI Matbuot xizmati