Bugun О‘zbekiston Badiiy akademiyasining “Akademiya” galereyasida О‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Chexiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan “Chexiya О‘zbekiston yoshlari nigohida” nomli xalqaro bolalar rasmlari tanlovi g‘oliblarini taqdirlash hamda ular ijodiy ishlari kо‘rgazmasining ochilish marosimi bо‘lib о‘tdi.
Taqdirlash marosimida sо‘zga chiqqan О‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur yosh ijodkorlarni yuzaga chiqarish maqsadida о‘tkazilgan mazkur tanlovda ishtirok etgan barcha yoshlarga samimiy fikrlarini izhor etdi.
Quvonarlisi, keng miqyosda о‘tkazilgan ushbu ijodiy tanlovda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti “Dastgohli rangtasvir” ta’lim yо‘nalishi talabasi Karina Umarova tanlovning 2-о‘rniga sazovor bо‘lgan bо‘lsa, “Dastgoh va kitob grafikasi” ta’lim yо‘nalishi talabasi Shodiyonaxon Sharobiddinova tanlovda 1-о‘rinni qо‘lga kiritdi.
G‘oliblar Chexiya Respublikasining mamlakatimizdagi elchisi Vatslov Yilek tomonidan munosib sovg‘alar bilan mukofotlanishdi. Shuningdek, tanlovning mutqol g‘olibi sifatida taqdirlangan Shodiyonaxon Sharobiddinovaga Chexiya Respublikasiga sayohat yо‘llanmasi taqdim etildi.
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Abbosjon Mirzorahimov tadbirda ishtirok etib, g‘olib bо‘lgan institut talabalarini ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etib, ularning kelgusidagi ijodiy ishlariga omad va zafarlar tiladi.