Inson tarixi shundan guvohlik beradiki, ming yillar davomida har qanday jamiyatning madaniy darajasi va ma’naviy barkamolligi ayollarga bо‘lgan munosabat bilan belgilanadi. Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida о‘zbek xalqi ma’naviyatini, jumladan, diniy savodxonligini sog‘lomlashtirish, ayollarning huquqiy tamoyillariga oid qoidalarini ilmiy tahlil qilish ijtimoiy zaruratga aylanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-oktabrdagi tegishli topshirig‘iga muvofiq, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning maʼnaviyati va madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolliklarini oshirish boʻyicha “Toshkent shahar tajribasi”ni yaratish chora-tadbirlari rejasiga binoan “Bir mahallaga – bir ziyoli homiy” tamoyili asosida Toshkent shahridagi mahallalarda o‘tkaziladigan tadbirlarga oliy taʼlim muassasalarining malakali professor-oʻqituvchilarini biriktirish vazifasi yuklatilgan.
Shu munosabat bilan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professor-o’qituvchilari tomonidan poytaxtimizning “Mirobod”, “Yangi Mirobod”, “Baynalminal”, “Temiryo’lchilar”, “Zaminobod”, “Birodarlik” mahallalarida istiqomat qilayotgan aholi, xotin-qizlar va yoshlarga “Qizlar tarbiyasida ota-onaning о‘rni”, “Oilaviy munosabatlarni mustahkamlashda diniy qadriyatlarning о‘rni”, “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan”, “Shukronalik va tinchlik – oliy ne’mat”, “Libos – ma’naviyat kо‘zgusi” mavzularida targ’ibot seminarlarini yuqori saviyada tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoni va 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-146-son qarori qabul qilinganligi hamda ularda ilgari surilgan vazifalar to’g’risida ma’lumotlar berildi.