O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini berish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Mahobatli rangtasvir” kafedrasi professori, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, atoqli rassom Alikulov Alisher Maxmudovich san’at va me’morchilik sohasida Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy ilmiy-tadqiqot markazi hamda Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida joylashgan “Shon-sharaf” muzeyida ishlangan mahobatli rangtasvir asarlari uchun Birinchi darajali Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Nufuzli davlat mukofoti muborak bo’lsin!