Talabalar turar joyida navbatdagi “Talabalar oqshomi” tashkil etildi.
Hozirgi kunda o‘zbek kinosida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida tahsil olayotgan bir qancha ijodkor yoshlar zamonaviy dasturlar asosida film dekoratsiyalari yaratilishida ishtirok etib kelishmoqda. Kuni kecha institut Talabalar turar joyida Tasviriy san’at fakulteti tyutori Ozod Saidov tashabbusi bilan kо‘plab zamonaviy film va kliplarning yanada mukammal chiqishiga о‘z hissasini qо‘shib kelayotgan ijodkorlardan biri, “Multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Qudratillo Nabijonov hamda ushbu yo‘nalishda tahsil olayotgan “Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi” sohibi Asliddinxo’ja Hotamovlar tomonidan talaba-yoshlar uchun navbatdagi “Vertual reality” va “Gravity sketch” mavzularida mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsi avvalida yosh ijodkorlar o‘z mutaxassisligi doirasida qaysi kompyuter dasturlaridan foydalanishi, ularning afzalliklari, bir-biridan farqi, ayni paytda ushbu sohada yetakchi bo‘lgan mutaxassislar, o‘quv markazlari haqida ma’lumot berishdi. Shuningdek, o‘z ijodiy ishlari haqida yig‘ilganlar to‘liqroq tasavvurga ega bo‘lishlari uchun videoroliklar namoyish etishdi. Tadbir so‘ngida talabalar virtual dasturlarda ishlash va uni kompyuterda ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.