Wunderkind xususiy maktabi o‘quvchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi.
Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy san’at va dizayn fakulteti “Dizayn” kafedrasi dotsenti Oybek Kasimov va “Amaliy grafika” kafedrasi oʻqituvchisi Naima Shukurlayevalar Toshkent shahridagi Wunderkind xususiy maktabi o‘quvchilari uchun mahorat darsi tashkil etishdi. Mahorat darsi “Kumush qish tabiati” deb nomlanib, oʻquvchilar qogʻozdan turli xil archa koʻrinishlarini yasadilar. Mahorat darslari ingliz tilida o‘tkazildi.