MUNOSABAT

Joriy yilning 3-dekabr kuni “Kusherbayevga murojaat” nomli telegramm kanalida eʼlon qilingan murojaatda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi Mashhuraxon Fayzullayeva institut tomonidan noyabr oyi ijara pulini oʻz vaqtida ololmagani haqida yozilgan. 

Shuni maʼlum qilamizki, joriy yilning 17.10.2022 sanasida ijara toʻlovi uchun kompensatsiya pullarini olish maqsadida murojaat qilgan talabalarga sentyabr-oktyabr oylari uchun pul mablagʻlari  toʻlab berilgan. 

2022-yil yillik xarajatlar smetasida ijarada yashovchi talabalarga toʻlovlarni toʻlash uchun mablagʻlar yetarli boʻlmaganligi sababli Moliya vazirligiga qoʻshimcha mablagʻlar olish uchun soʻrovnoma bilan murojaat qilindi hamda kerakli mablagʻlar byudjet mablagʻlari hisobidan ajratilgandan soʻng 05.12.2022 da noyabr oyi ijara toʻlovi, 12.12.2022 da esa dekabr oyi ijara toʻlovi ham toʻliq toʻlab berildi. 

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Matbuot xizmati