⚡️Diqqat, muhim xushxabar!⚡️

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-dekabrdagi 413-sonli buyrug‘iga binoan 2022-2023 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga nomzodlar tayinlandi. 

San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti “San’atshunoslik: tasviriy va amaliy san’at” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Isakova A’lo Anvarjonovna – “Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi” g‘olibi deb topildi. 

San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti “Muzey pedagogikasi” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Nizomov G‘iyosjon Jozil o‘g‘li – “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi” g‘olibi deb topildi. 

Amaliy san’at va dizayn fakulteti “Dizayn: Interyerni loyihalash” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Abdullayeva Diyora Muradovna – “Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi” g‘olibi deb topildi.

Ushbu talabalarni institut jamoаsi nomidan muborakbod etamiz!