Davlatimizning rahbarining joriy yil 10-fevraldagi “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi tegishli qaroriga binoan o‘zining betakror iste’dodi, go‘zal she’r va dostonlari bilan o‘zbek adabiyotida o‘chmas iz qoldirgan, mustabid tuzum davrida siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan Usmon Nosir tavvalludining 110 yilligi yurtimiz bo’ylab keng nishonlanmoqda. Shunday tadbirlardan biri Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy san’at va dizayn fakultetida “Ijtimoiy fanlar, pedagogika va kasbiy ta’lim” kafedrasi professor-o’qituvchilari ishtirokida Usmon Nosir tavalludining 110 yillik yubileyiga bag‘ishlangan “Usmon Nosir – buyuk iste’dod sohibi” mavzusida o‘tkazildi.
Mazkur davra uchrashuviga davlat va jamoat arbobi, Turon Fanlar akademiyasi akademigi Bo‘ritosh Shodieva, San’atshunoslik fanlari doktori,professor Marfua Hamidova, “O‘zbekiston qahramoni” faxriy unvoni soxibasi, Tibbiyot fanlari nomzodi, professor Shoira Oripova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Amir Xudoyberdi, Milliy xavfsizlik xizmati polkovnigi Artur Xanlar mehmon sifatida ishtirok etib, ijodkorning hayot yo’li, bosib o’tgan ijodiy jarayonlari to’grisida suhbat olib borishdi. Ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv yakunida mehmonlarga institut rektorining tashakkurnomasi va esdalik sovg’alari taqdim etildi.