Ma’lumki, bugungi kunda talabalarga o‘quv auditoriyalardagi mashg‘ulotlar bilan birgalikda turli joylarda tashkil etiladigan amaliy darslar va uchrashuvlar ham muhim ahamiyatga ega. Ijodkorlar, xususan, bo‘lajak rassomlar uchun nodir tasviriy san’at asarlari saqlanayotgan muzeylar, taniqli ijodkorlarning ijodiy ustaxonalari bu vazifani o‘tasga katta ko‘mak beradi. Shuni inobatga olgan holda Tasviriy san’at fakulteti talabalari ishtirokida taniqli ijodkorlar — Baxtiyor Nazarov, Rustam Xudoyberganov, Alisher Aliqulov, Umar Rajabovlarning ijodiy ustaxonalariga hamda O‘zbekiston Davlat san’at muzeyiga sayohatlar tashkil etildi.
Sayоhat davomida talabalar ijodkorlarning ijodiy muhiti, qarashlari, shuningdek, yetuk tasviriy san’at asarlarining yaratilish tarixi va jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Bundan tashqari ijodkorlar bilan suhbat asnosida tasviriy san’atning bugungi kun jarayonlari, yangi qarashlar, yoshlar ijodida kuzatilayotgan yangi tendensiyalar haqidagi fikrlarini bayon etishdi. Shuningdek, yoshlarga yetuk ijodkor bo‘lish uchun kerakli bo‘lgan maslahat va tavsiyalarini berib o‘tishdi.
Muzeylarga ustozlari hamrohligida kelgan talabalar ko‘plab tarixiy asarlarning yaratilish tarixi bilan ham tanishib, bilimlarini yanada mustahkamlash imkoniga ega bo‘lishdi.