Bugungi kunda teatrda qo‘yilayotgan spektakllarni syujetga mos liboslarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Har bir spektakl personajlarining xarakterini ochib berish uchun nafaqat aktyorning mahorati, balki aktyor o‘ynayotgan qahramonning libosi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa teatr libos dizayneridan katta mehnat va mahorat talab qiladi. Shu munosabat bilan bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Dizayn fakulteti anjumanlar zalida yosh dizayner talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi.