Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan miniatyura asarlari kо‘rgazmasi hamda institut talabasi, yosh haykaltarosh Ma’ruf Pardayevning “Azamat va azamatlar” nomli ijodiy ishlar kо‘rgazmasi tashkil etildi.
Kо‘rgazmaning ochilish marosimida yosh ijodkorning ustozlari xususan, taniqli haykaltarosh va grafik rassom, “Dо‘stlik” ordeni sohibi Azamat Hotamov sо‘zga chiqib, ijodiy barkamolligi endigina kurtak otayotgan talaba haqida о‘zining samimiy fikrlarini bildirdi.
Ma’lumot о‘rnida, haykaltaroshlik borliqni hajmli shakllarda, makonda uch о‘lchamda tasvirlashga asoslanadi. О‘zbekiston haykaltaroshligida avvalo borliqni о‘ziga xos kо‘rish, uni his qilish, badiiy ifoda etish, tevarak-atrofda kechayotgan о‘zgarishlar jarayoniga munosabat mujassamdir.
Kо‘rgazmada ijodkorning dastgohli haykaltaroshlik turida yaratilgan bir-biridan о‘zgacha kompozitsion haykallar о‘rin olgan. Ushbu kо‘rgazmada kо‘zimiz kо‘nikkan silliq sipoyi, balanddan-baland yoki qaysidir mashhur shaxs siymosi aks etgan haykallar emas, balki asovlik, teranlik va erkinlik ufurib turgan asarlarni kо‘rish mumkin.