HAMKORLIK TADBIRLARI

Bu yili hazrat Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi nishonlanayotgan bo‘lsa, Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yillik yubileyi ko‘tarinki ruhda tantana qilinmoqda. Mirzo Ulugg‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Etika va Estetika“ kafedrasi, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti “Ijtimoiy fanlar, pedagogika va kasbiy ta’lim”, “Xattotlik va Miniatyura”  kafedralari tomonidan “Navoiy va Bobur merosi –  beqiyos ma’naviy xazina” mavzuidagi madaniy-ma’rifiy kecha o’tkazildi. Madaniy-ma’rifiy kechada Ijtimoiy fanlar, pedagogika va kasbiy ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari f.f.n Utanova Umida  va yu.f.n Abdullaxo‘jayev G‘ayrat har ikki ijodkor haqida tо‘xtalib,  ularning dunyo adabiyoti tarixida juda katta о‘rin tutishini, xalqparvar davlat arbobi sifatida jamiyatda tutgan yuksak mavqei jihatidan ham, ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot ahliga kо‘rsatgan homiyligi jihatidan ham о‘xshashi yо‘q siymo ekanligini, ular bugun о‘zbek xalqining milliy iftixoriga, adabiy, ma’naviy kamolot timsoliga aylanganligini ta’kidlab о‘tdilar.

Miniatyura va xattotlik  kafedrasi o‘qituvchisi Qodirov Avazbek va talabalari tomonidan Navoiy va Bobur asarlariga ishlangan miniatyura va xattotlik yо‘nalishidagi ijod na’munalaridan iborat kо‘rgazma tashkil etildi. Talabalar buyuk siymolar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan asarlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar, Navoiy va Boburning g‘azal-ruboiylarini mahorat bilan ijro etishdi. Tadbir davomida milliy kuy-qo’shiqlar tarannum etildi.