🛑 PROFILAKTIK UCHRASHUV

Ma’lumki, Respublikamiz bо‘ylab 1-fevraldan 1-martga qadar ichki ishlar organlari tomonidan “Yoshlar orasida narkotik vositalarining tarqatilishiga qarshi kurash” tezkor-profilaktik tadbirlari о‘tkazilmoqda. Shu sababdan bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida Mirobod tumani IIO FMB Terrorizmga qarshi kurashish tezkor vakili, kapitan Suhrob Duskanov hamda Mirobod tumani Favqulodda vaziyatlar vazirligi bо‘limi profilaktika va nazorat bо‘limi inspektori, katta leytenant Azizjon Kodirov ishtirok etishib, mavzu yuzasidan talabalarga atroflicha ma’lumotlar berishdi.

Uchrashuv mobaynida giyohvand moddalarni iste’mol qilish bilan bog‘liq kasalliklarni hamda boshqa muammoli xatti-harakatlarni oldini olish va davolashda oilaning о‘rni muhokamasiga bag‘ishlangan videoroliklar ham namoyish etildi.