MAKON VA VAQT TASHQARISIDAGI IJOD

Bugun, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining “Teatr, kino va animatsiya rassomlari” shoʻbasining Xalqaro Teatr kuniga bagʻishlangan “Makon va vaqt tashqarisida” ko‘rgazmasini ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Mazkur ko’rgazmada Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Teatr bezagi rangtasviri” kafedrasi professor-oʻqituvchilarining hamda ushbu mutaxassislik magistrlarining ijodiy asarlari ham oʻrin olgan.

“Makon va vaqt tashqarisida” ko‘rgazmasini o‘tkazishdan maqsad keng jamoatchilikka mazkur yo‘nalishdagi turli tendentsiyalar, yo‘nalishlar, shu sohadagi nomlarni ko‘rsatish, shuningdek, yosh ijodkor va talabalar avlodini faollashtirish, ularning ijodiy salohiyatlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. 

Mazkur loyiha orqali nafaqat muallif asarlarining keng koʻlamdagi koʻrinishi, balki ssenograf, animatsiya va kino rassomlarining ijodiy doirasi, ularning uslublari, gʻoyalari, syujetlari, dunyo qarashlari va yoshi darajasi qanchalik xilma-xilligini tushunish hamda yoshi, dunyo haqidagi qarashlari va tushunchalari qanchalik turli hil boʻlishi mumkin. 

Amalga oshirilayotgan har bir bunday loyiha go‘yo yagona raqamli tizimga aylangandek, nafaqat sahna ijodkorlari, yoshlarning hamda badiiy taʻlim muassasalari talabalarining zamonaviy voqelikni idrok etishi, madaniy tafakkuri, bilimi va idrokining vizual tasviri, umumiy manzarasi hamda darajasini beradi.

Ushbu loyiha tomoshabinlarning keng doirasini ham qiziqtirishi mumkin, chunki teatr, kino va animatsiya rassomlari oʻzlarining koʻp sohali, koʻp funktsiyali, fikrlashning oʻziga xosligi, makon, vaqt bilan ishlash, ijro texnikasini tanlash erkinligi bilan ajralib turadi.

Koʻrgazmada zamonaviy mualliflarning rangtasvir, grafik ishlar, eskizlar, maketlar, videomateriallar, performans, installyatsiyalar va shakllardan iborat asarlari bilan tajribali loyihalar taqdim etilgan.