MUZEYLARDA MARKETING VA XIZMATLAR SOHASINI RIVOJLANTIRISH

Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Muzeylarda marketing va xizmatlar sohasini rivojlantirish masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Konferensiyaga respublika muzeylari va soha mutaxassislari tomonidan 50 ga yaqin maqolalar kelib tushdi. Konferensiyada muzeylar sohasida xalqaro hamkorlik, muzey va taʼlim integratsiyasi, muzeylarda ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, muzey dizayni, muzey turizmi, muzeylarda innovatsion texnologiyalar, tarixiy-madaniy yodgorliklarni muzeylashtirish, muzey mejenmenti va marketingi masalalari muhokama qilindi.
Konferensiya ishtirokchilari sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.