Kuni kecha Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Talabalar turar joyida yoshlar uchun Amaliy sanʼat fakulteti tyutori Mehriddin Sharopov boshchiligida “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish davr talabi!” mavzusida profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatini Mirzo Ulug‘bek tumani IIOFMB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari — podpolkovnik Shuhrat Hikmatullayev va katta leytenant Akmal Hoshimovlar olib bordi.
🔸Savol-javoblar tariqasida o‘tkazilgan uchrashuv mobaynida talabalarga ogohlikka chaqiruvchi hamda kiberjinoyatchi shaxslardan himoyalanish immunitetini shakllantiruvchi qo‘llanma materiallar ulashildi.