KO‘RGAZMANING IKKI QANOTI

Kuni kecha Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida Amaliy san’at fakulteti Amaliy san’at asarlarini ta’mirlash ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari – Dilyora Jabborovaning “Sharq nafosati” hamda Dilobar Muhammadiyevaning ‘‘Moziy durdonalari‘‘ deb nomlangan shaxsiy ko‘rgazmalarining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida so‘zga chiqqan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Botir Sangirov yoshlarni ushbu ko‘rgazmaning ochilishi bilan muborakbod etar ekan, aynan “Amaliy san’at asarlarini ta’mirlash ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan bunday ko‘rgazmalarning tashkil etilishi soha rivoji uchun muhim ahamiyatga egaligini hamda turli janr va uslubdagi san’at asarlari har bir talaba uchun o‘ziga xos mahorat maktabi ekanligini ta’kidlab o‘tdi hamda ko‘rgazma sohibalariga institut rektori Abbosjon Mirzorahimovning samimiy tilaklari va diplomlarni yetkazdi.

Fakultet dekani Ruslan Xoliqov esa bu kabi yuksak ko‘rgazmalar endigina tashkil etilgan dekanat uchun ham muhim ekanligini,  iste’dodli yoshlar o‘z ijodlarining mana shunday ko‘rgazmalar orqali namoyish qilishlari avvalo, o’z yo‘nalishlarini, shuningdek, milliy institutning nomini yanada tanilishiga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.

✨О‘z о‘rnida ijodkor talabalar kо‘zgazmaning tashkil etilishida о‘z yordamlarini ayamagan institut rahbariyatiga hamda ustozlari va kursdosh dо‘stlariga о‘z minnatdorliklarini bildirib о‘tishdi.