IMTIHON JARAYONLARI — 4-KUN!

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning 4-kuni ham o‘z yakuniga yetdi. Bugun abituriyentlar o‘z tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi. Imtihon davomida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur, institut rektori, Qabul komissiyasi raisi Abbosjon Mirzorahimov, Qabul komissiyasi raisi o‘rinbosari Botir Sangirov, Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi Qosimjon Mamajonov, Qabul komissiyasi mas’ul kotibi Elyor Mullajanovlar ijodiy imtihon jarayonlarini bevosita kuzatib borishdi.