📣 TAYANCH DOKTORANTURAGA QABUL 📣

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 2024-yil uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktoranturaga qabul e’lon qiladi

✔️ 17.00.05 – Dizayn nazariyasi va tarixi;
✔️ 17.00.04 – Tasviriy va amaliy bezak san’ati;
✔️ 17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy obyektlarning konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash;
✔️ 17.00.08 – San’at nazariyasi va tarixi.

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni topshiradi:

▫️Ariza;
▫️Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka – namuna 3,5 shakl bo‘yicha);
▫️Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
▫️Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
▫️Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
▫️Pasport nusxasi;
▫️Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

☑️ Hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib 2023-yilning 15-sentabridan 15-oktabrigacha Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi http://phd.mininnovation.uz orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda qabul qilinadi.

❗️Kirish imtixonlari 1-25 noyabr kunlari mobaynida bo‘lib o‘tadi.

Murojat uchun manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mironshox ko‘chasi-123 uy,
Telefon: (8-371) 255-98-39