Salaxiddinov Ma’suddin Sadriddinovichning san’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishining himoyasi о‘tkazildi
Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.38/09.07.2020. San.119.01 raqamli Ilmiy Kengash asosidagi Bir martalik ilmiy kengash majlisida Salaxiddinov Ma’suddin Sadriddinovichning “О‘zbekiston ta’lim tizimida sanoat va interyer dizaynining о‘rni” mavzusidagi 17.00.05 – Dizayn nazariyasi va tarixi ixtisosligi bо‘yicha san’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi bо‘lib о‘tdi.
Ma’lumot o‘rnida, Salaxiddinov Ma’suddin Sadriddinovich 1981-yil Toshkent viloyati Piskent tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1999-2004 yillarda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Dizayn ta’lim yо‘nalishi, 2004-2006 yillarda mazkur institutni Sanoat dizayni mutaxassisligi bо‘yicha tamomlagan. 2021-2023 yillarda 17.00.05 – “Dizayn nazariyasi va tarixi” ixtisosligi bо‘yicha mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. 2007-2009 yillar Respublika dizayn kolleji maxsus fan о‘qituvchisi, 2009-2019 yillar Respublika dizayn kolleji kasbiy ta’lim ishlari bо‘yicha direktor о‘rinbosari, 2020-yildan boshlab Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda. Tadqiqot ishi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti ilmiy tadqiqot ishlari rejasi doirasida bajarilgan.
Ma’suddin Salaxiddinovning San’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi.