Abituriyentlar, ularning ota-onalari va yaqinlari diqqatiga!

Abituriyentlar, ularning ota-onalari va yaqinlari diqqatiga!


Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2024/2025 o‘quv yili uchun Kasbiy (ijodiy) imtihonlar — joriy yilning 6-iyul sanasidan 12-iyul sanasiga qadar yo‘nalishlar kesimida o‘tkaziladi.

❗️Eslatma: Abituriyentlar https://my.uzbmb.uz/ platformasiga login va parollarini tergan holda Shaxsiy kabinet bo‘limiga kirishlari hamda abituriyent varaqasini (DTM) yuklab olishlari lozim. 


✅ Abituriyent varaqasida — kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan kun va soat aniq belgilab berilgan!

✅ Abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihonlarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent varaqasi (DTM) bilan kelishlari shart.

✅ Shuningdek, imtihonlarga qalam, mo‘yqalam, bo‘yoq (bunda qog‘oz va loy institut tomonidan beriladi) kabi zaruriy vositalar bilan birgalikda kelish maqsadga muvofiq. 


📍Kasbiy (ijodiy) imtihonlar — Toshkent shahar, Mirobod tumani Mironshoh ko‘chasi 123-uyda joylashgan institut Bosh o‘quv binosida bo‘lib o‘tadi.