🔺 Davlat oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at hamda hunarmandchilik yo‘nalishlarida davlat granti asosida o‘qish istagini bildirgan vatandosh-yoshlardan arizalar tegishli oliy ta’lim muassasalari tomonidan 2024-yil 20-oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi!
Tanlovlarda ishtirok etish uchun talablar:
🔸 shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‘zi yoki ota-onasi yoxud bobo-momosi:
🔸 etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
🔸 O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
🔸 xorijiy fuqaro sifatida yuqorida qayd etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;
🔸 30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;
🔸 o‘zbek tilini bilishi lozim.
⚡️ Maxsus tanlovlar talabgorlar tomonidan tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish fanlaridan o‘tkaziladi.
Bunda fanlar majmuasiga ko‘ra:
🔹 a) kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud bakalavriat ta‘lim yo‘nalishlari uchun tanlangan oliy ta’lim