Ijod, jamoaviylik va iliq muhit

Tadbir chog‘ida ishtirokchilar nafaqat mazali taom tayyorlashdi, balki o‘zlarining ijodiy chiqishlari, qiziqarli sahna ko‘rinishlari va kuy-qo‘shiqlari bilan ham tadbirga fayz bag‘ishlashdi. Bu esa talabalar o‘rtasida yanada do‘stona muhit yaratishga xizmat qildi.

Bunday tadbirlar davomli bo‘lsin!
Talabalarning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish, ularni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash va ijodiy rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida bunday tadbirlarni muntazam o‘tkazish rejalashtirilgan. Oldinda talabalarni yana ko‘plab qiziqarli loyihalar va madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar kutmoqda!