Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhandislik sohasida “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida tanlov e’lon qiladi.
Tanlov yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida 3 ta kategoriya — 40 yoshdan oshmagan professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda amaliyotchi muhandislar o‘rtasida o‘tkaziladi.
Har bir ishtirokchi Tanlovning faqatgina bir yoʻnalishida ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda:
1-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblar elektromobil (9 ta),
2-o‘rin g‘oliblari xorijiy davlatlarga stajirovka yoʻllanmasi,
3-o‘rin g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Tanlov joriy yilning aprel-iyun oylarida 3 bosqichda o‘tkaziladi.
Tanlovga arizalar joriy yilning 31-mart kuniga qadar www.muhandis.edu.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi.
(https://muhandis.edu.uz/documents/rules.pdf) TANLOV NIZOMI (https://muhandis.edu.uz/documents/rules.pdf)
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
Tel: (55) 520-08-08 (357), (90) 065-05-09.