Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ochiqlik, shaffoflik va halollikni ta’minlash hamda mazkur jarayonlarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida, vijdonli hamda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga yo‘q deya oladigan talaba-yoshlarni hamkorlikka chorlaymiz!
Agarda siz yakuniy va oraliq nazorat imtihonlari hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni topshirish jarayonlarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz, @MRDiKor_bot telegram botiga yoki 909696061 telefon raqamiga anonim xabar qoldirishingiz mumkin!
Shuningdek, Siz, mazkur holatlar yuzasidan murojaatlaringizni institut Bosh o‘quv binosida joylashgan B-3-17-xonada faoliyat yuritayotgan bo‘lim mas’ul xodimlariga murojaat qilishingiz mumkin!
Unutmang, xabar bergan talabaning shaxsi qat’iy sir tutiladi! (https://lex.uz/docs/-3088008)