Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalarining iqtidorlarini namoyish etish, “Ustoz-shogird” an’analarini rivojlantirish maqsadida yosh ijodkorlarning ko‘rgazmalarini tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.




Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvonsaroyida Tasviriy san’at fakulteti Miniatyura va kitob grafkasi kafedrasi o‘qituvchisi Charos Ummatova tashabbusi bilan fakultetning Dastgoh va kitob grafikasi ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalarining “Qora nur” nomli grafik asarlar ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.






Ko‘rgazmada ishtirok etganlar 20 ga yaqin talabalarning turli mavzudagi ijodiy asarlari o‘rin olgan. Ko‘rgazmaning ochilish marosmida ishtirok etganlar grafika san’atini rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar, tashkil etilayotgan ko‘rgazmalar ushbu san’ati turida yangi avlod ijodkorlari yetishib chiqayotganligi, uslublar va yondashuvlarning o‘ziga xosligi ushbu san’at turi kelajagi haqida ijobiy fikrlar bildirishga asos bo‘lishi haqida to‘xtalishdi.





Tadbirda ishtirok etgan barcha talabalarga Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Abbosjon Mirzoraximovning diplomlari taqdim etildi.