Jabbarova Latofat Tulkinjonovnaning dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash ixtisosligi mustaqil izlanuvchisi Jabbarova Latofat Tulkinjonovnaning san’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi himoyasi о‘tkazildi.

Bugun O‘zbekiston davlat san’at muzeyi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.08/09.07.2020.San.118.01 raqamli Ilmiy Kengashda talabgor Jabbarova Latofat Tulkinjonovnaning 17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash ixtisosligi bo‘yicha san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan “ O‘zbekistonda muzey dizaynining rivojlanish tamoyillari (XX asr ikkinchi yarmi – XXI asr boshlari)” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Talabgor Latofat Jabbarovaning san’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi.