Bugun institutimizning iste’dodli, faol va bilimli talabalarining mehnati va sayyi-harakatlarini yana bir bor taqdirlash imkoniyatiga ega bo‘ldik!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori Mamadiyorov Farrux Abduxamid o‘g‘li, Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori Ergasheva Shaxista Abduragim qizi hamda Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori Uroqbayeva Maftuna Almas qiziga stipendiyalar guvohnomalarini taqdim etish — bu nafaqat ularning ilmiy va innovatsion sohadagi erishgan yutuqlarini, balki butun oliygohimizdagi izlanish va yangiliklarga bo‘lgan sadoqatini ham e’tirof etishning amaliy ko‘rinishidir.

Bu yutuq talabalarimizning mehnati, bilimga bo‘lgan chanqoqi va yangiliklarga intilishlaring samarasidir. Talabalarining mazkur yutuqlari oliygohimizning ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlab, yangi avlod uchun ilhom manbai bo‘ladi.

Yuqori ilmiy salohiyatga ega, o‘zining g‘oyalariga sodiq bo‘lgan, jamiyatga foyda keltirishni maqsad qilgan yoshlarning yuksalishi bizning umumiy maqsadimizdir. Talabalarga bu yo‘lda yanada ko‘plab yutuqlar va ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Tabriklayman va sizlarga kelajakda yanada katta muvaffaqiyatlar tilayman!

Dilafro‘z QURBONOVA
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, tarix fanlari doktori