Bugungi kunda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi, ayniqsa yoshlar o’rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish,  sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari A.Musinov tashabbusi bilan Amaliy san’at fakulteti, San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti, Tasviriy san’at fakulteti talabalari o’rtasida sportning Voleybol turidan o‘rtoqlik uchrashuvini tashkil etildi.