Davlatimiz rahbarining ma’naviy-ma’rifiy va milliy g‘oyamizga oid barcha ta’limotlarini yoshlarga yetkazish ta’limdagi asosiy vazifalardan biridir.



Shu maqsadda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Anjumanlar zalida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori B.Sangirov tomonidan “Ma’rifat soati” o’tkazildi. Mazkur “Ma’rifat soati”da talaba-yoshlarni Mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoiy farzandlari sifatida tarbiyalashda buyuk siymolar, ya’ni birinchi va ikkinchi renessansning buyuk allomalari va daholariga hamda Uchinchi renessans poydevorini yaratgan shaxslar va ularning bunyodkorlik ishlari hususida alohida to’xtalib o’tdi.


Shu bilan birga, San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari A.Musinov tomonidan ham talabalarga “Ma’rifat soati” o’tkazilib, jadidlar hayoti va ijodiga bag’ishlangan mavzularda talabalar bilan birgalikda fikr va mulohazalar qilishdi.
Eslatib o’tamiz, “Ma’rifat soati”ni o‘tkazishdan asosiy maqsad talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida rivojlantirish, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoiy farzandlari sifatida tarbiyalashdan iboratdir

