“Yashil makon” umummilliy dasturi asosida institut hovlisiga ko‘chatlar ekildi.

“Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi hamda “Yashil makon” umummilliy dasturida belgilangan topshiriqlarni ijrosini ta’minlash maqsadida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida rahbar xodimlar, professor-o’qituvchilar bilan hamkorlikda jami 300 ta mevali daraxt va ko‘chatlar ekildi.