O‘zbek xalqining o‘ziga xos folklor san’atini, shu jumladan, og‘zaki she’riy ijodiyot, xalq dostonlari, hunarmandchilik, milliy liboslar va xalq o‘yinlari, qadimiy urf-odatlarni saqlab qolish, ularni keng targ‘ib etish maqsadida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori B.Sangirov, San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari A.Musinov, ushbu fakultetning tyotori B.Mahkamov tashabbuslari va Tasviriy san’at, Amaliy san’at fakultetlari hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti raisi S.Xolto‘rayevlar bilan hamkorligida “Milliy liboslar kuni” nishonlandi.




Bu tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad milliy urf-odat va an’analar, bebaho ma’naviy qadriyatlar, nomoddiy madaniy meros durdonalarini asl holicha asrab-avaylash, rivojlantirish, uning mohiyatini yoshlarga yetkazishdan iboratdir.
Talabalar va yosh ijrochilarning kuy-qo‘shiqlari, sahnalashtirilgan tomoshalar, “alla” va “kelin salom” tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.






Shu bilan birga, iqtidorli talabalar tomonidan Ikkinchi renessansning buyuk allomalari va daholaridan bo‘lgan Alisher Navoiy, Bobur Mirzo hamda buyuk bobomiz Amir Temur obrazini yuksak mahorat ila gavdalantirib, kichik sahna ko‘rinishni tomoshabinlar e’tiboriga havola etishdi.






Tadbir yakunida San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti tomonidan eng faol ishtirokchilarga diplomlar topshirildi. Ushbu e’tirof talabalar uchun katta motivatsiya bo‘lib, ularning qadimiy urf-odatlarni asrab avaylash uchun zamin yaratadi.


