🗣 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2025/2026-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.

Davlat qabul komissiyasi bayoni (https://t.me/eduuz/38241)ga muvofiq, 2025/2026-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga qoʻshimcha qabul qilishda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdori quyidagicha belgilandi:

💬 Qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari (https://www.lex.uz/docs/-7726569#:~:text=holda%20amalga%20oshiradi.-,Bunda%20to%E2%80%98lov-kontrakt%20miqdori%20amalda%20o%E2%80%98rnatilgan%20bazaviy%20to%E2%80%98lov-kontrakt%20miqdoriga%20nisbatan%20quyidagi%20miqdorlarda%20belgilanadi%3A,-1%2C05%20ballgacha%20yetmagan) (1-ilova 73-band)ga asosan belgilanadi;

💬 Qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida bazaviy toʻlov-kontraktning 8,0 barobari miqdorda belgilandi.

⏺ Yuqoridagi jadval orqali 2025/2026-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari to‘g‘risida institutdagi ta’lim shakli va yo‘nalishlar kesimida batafsil ko‘rish mumkin.

✅ Ma’lumot uchun, 2025/2026-oʻquv yili qabulida tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga bir yillik o’qitish qiymatining kamida 50 foizini 2025-yilning 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) to’lashga ruxsat beriladi. Ushbu to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng abituriyent talabalar safiga qabul qilinadi.

✅ Shuningdek, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijasi boʻyicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar tanlov ustuvorligi boʻyicha birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tanlagan bo‘lsa, oʻz xohishlariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun ariza yuborishlari mumkin (maqsadli qabul asosida talabalikka tavsiya qilinganlar bundan mustasno).

🌐 Abituriyentlar tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt shartnomasini olish uchun arizalarni kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborishlari mumkin!

📞 Qo‘shimcha ma’lumot va savollar bo‘yicha +998 71 255 96 67 raqamiga yoki Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi 123-uyda joylashgan institutning bosh binosi (https://maps.app.goo.gl/M5figfuiBweMtLn5A)ga kelgan holda mas’ullarga murojaat qilishingiz mumkin!

▶️ Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!