O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom (https://lex.uz/docs/-5193564)ga asosan fanlardan akademik qarzdorligi bo‘lgan bitiruvchi kurs talabalari hamda avvalgi o‘quv yillaridagi qarzdor bitiruvchilar uchun 2025/2026 o‘quv yili kuzgi semestr davomida ya’ni noyabr va dekabr oylarida qayta o‘qish tashkil etilmoqda.
Eslatma: Yakuniy davlat attestatsiyasiga kirish uchun o‘quv rejadagi tegishli barcha fanlarni to‘liq oʻzlashtirgan, belgilangan kreditlarni toʻplagan hamda toʻlov-kontrakt shartlarini toʻliq bajargan bitiruvchilarga ruxsat beriladi.
Shu munosabat bilan, fanlardan akademik qarzdorligi bo‘lgan bitiruvchi kurs talabalari o‘z hisobidan qayta o‘qish uchun 2025-yilning 25-oktabriga qadar tegishli to‘lovlarni amalga oshirishlarini so‘raymiz.
Qo‘shimcha ma’lumot va savollar bo‘yicha fakultet dekanatlari, +998 71 255 96 67 raqami yoki Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi 123-uyda joylashgan institutning bosh binosi (https://maps.app.goo.gl/M5figfuiBweMtLn5A)da faoliyat ko‘rsatayotgan Registrator ofisiga kelgan holda mas’ullarga murojaat qilishingiz mumkin!