“RAQAMLI IQTISODIYOT VA ELEKTRON HUKUMATNING RIVOJLANISH HOLATINI REYTING BAHOLASH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” gi 373-sonli qarori

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Mamlakatimizda “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarini raqamlashtirish, davlat axborot tizimlari va elektron xizmatlarni joriy etish, shuningdek, raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni ta’minlash bo‘yicha xalq ta’limi, davlat xizmatlari, sud, moliya va bank tizimida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini samarali reyting baholash tizimi hamda uni amalga oshirishning idoralararo mexanizmining yo‘qligi iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni raqamli transformatsiyasi hozirgi holatini chuqur tahlil qilishga to‘sqinlik qilmoqda.

Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va hududlarda raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat rivojlanish holatini baholashning yagona reyting baholash tizimini joriy etish orqali kelgusida raqamli rivojlanishning tarmoq va hududiy dasturlarini ishlab chiqish uchun baholash jarayonlarini idoralararo muvofiqlashtirishning samarali tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik), “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi hamda “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning ilmiy doiralar va xorijiy ekspertlar ishtirokida quyidagilar:
  2. a) davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari (keyingi o‘rinlarda — tashkilotlar) hamda hududlarni raqamli transformatsiya holatini reyting baholash metodikasi ishlab chiqilganligi va 2020-yil yakuni bo‘yicha quyidagilarni baholashni nazarda tutuvchi aprobatsiyasi o‘tkazilganligi:

tashkilotlar faoliyatida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, shu jumladan ularning axborot tizimlari va resurslarining samarali ishlashi, elektron o‘zaro ta’sirini tashkil etish, boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, shuningdek, kiberxavfsizlik va davlat organlari ma’lumotlarining ochiqligini ta’minlash;

hududlar kesimida raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat loyihalarini amalga oshirish samaradorligi, shu jumladan sohada raqamli infratuzilmani rivojlantirish, elektron xizmatlarni joriy etish, raqamli ta’limni rivojlantirish va boshqalar;

  1. b) tashkilotlar hamda hududlarni raqamli transformatsiya holatini reyting baholash jarayonlarini avtomatlashtirish uchun NIS.UZ idoralararo axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — NIS.UZ-axborot tizimi) ishga tushirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. Belgilansinki:

tashkilotlarda hamda hududlarda raqamli transformatsiya holatini reyting baholash natijalarini umumlashtirish, shuningdek, reyting baholashni amalga oshirishda ishtirok etadigan tegishli davlat organlari hamda ularning ishlariga umumiy rahbarlik va muvofiqlashtirish Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi;

NIS.UZ-axborot tizimining egasi Vazirlik hisoblanadi hamda uning sifatli va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishi, texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni doimiy ravishda o‘tkazib borilishi Vazirlik tomonidan ta’minlanadi;

NIS.UZ-axborot tizimini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashni moliyalashtirish Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘idagi mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

tashkilotlar hamda hududlarda raqamli transformatsiya holatini reyting baholash har uch oy yakunlari bo‘yicha amalga oshiriladi va uning natijalari “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi komissiya yig‘ilishlarida tanqidiy muhokama qilinadi;

tashkilotlar tomonidan noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning NIS.UZ-axborot tizimiga kiritilganligi, shuningdek, ularni o‘z vaqtida kiritilmaganlik holatlari aniqlanganda, tegishli rahbarlarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llaniladi.

  1. Reyting baholashni amalga oshirishda quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy etilsin:

tashkilotlar har hisobot davri yakunidan keyingi oyning 15 sanasiga qadar NIS.UZ-axborot tizimiga ishonchli ma’lumotlarni o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlaydilar;

Vazirlik baholashda ishtirok etadigan mas’ul davlat organlari bilan birgalikda har hisobot davri yakunidan keyingi oyning 25 sanasiga qadar NIS.UZ-axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar asosida baholash o‘tkazadi hamda ushbu oyning 30 sanasiga qadar baholash natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi alohida grafik asosida NIS.UZ-axborot tizimiga tashkilotlar tomonidan kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligiga muvofiqligi yuzasidan o‘rganishlar va tekshirishlar olib boradi.

  1. Quyidagilar:

Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda hududlarni raqamli transformatsiya holatini reyting baholash tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq;

Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirishni baholash, soha ko‘rsatkichlari hisobini yuritishni samarali tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;

Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy veb-saytiga qo‘yiladigan asosiy talablar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
  2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov hamda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2021-yil 15-iyun,

373-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-son qaroriga
1-ILOVA

Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda hududlarni raqamli transformatsiya holatini reyting baholash tartibi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizom davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida (keyingi o‘rinlarda — tashkilotlar) hamda hududlarni raqamli transformatsiyasi holatini reyting baholash tartibini belgilaydi.
  2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

reyting baholash — reyting ko‘rsatkichlari va indikatorlari yordamida raqamli rivojlanish holatini baholash orqali tashkilotlar hamda hududlarni eng yuqori natijadan eng past natijagacha saralangan ro‘yxatdagi o‘rnini belgilash;

NIS.UZ-axborot tizimi — tashkilotlar va hududlarning raqamli transformatsiya holatini reyting baholash jarayonlarini avtomatlashtirish uchun qo‘llaniladigan idoralararo axborot tizimi;

indikator — axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reytingli baholanishi lozim bo‘lgan asosiy ko‘rsatkich;

hududlar — baholanadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda ularning tarkibiga kiruvchi tuman va shaharlar.

  1. Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida raqamli transformatsiya holatini reyting baholash ushbu Nizom 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

2-bob. Reyting baholashga oid asosiy indikatorlar

  1. Reyting baholash quyidagi indikatorlar asosida amalga oshiriladi:

4.1. Ochiqlik va elektron ishtirok

4.1.1. Rasmiy veb-saytdan foydalana olish va qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligi;

4.1.2. Ijtimoiy tarmoqlardagi faollik;

4.1.3. Ommabop messenjyerlardagi faollik;

4.1.4. Ochiq ma’lumotlar to‘plamlari;

4.1.5. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga takliflarni qayta ishlash sifati;

4.1.6. Onlayn-maslahatchining faoliyat ko‘rsatishi;

4.1.7. Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi.

4.2. Elektron xizmatlar

4.2.1. Elektron davlat xizmatlari ulushi;

4.2.2. Mobil ilovalar orqali foydalanish mumkin bo‘lgan elektron davlat xizmatlari ulushi;

4.2.3. Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini optimallashtirish;

4.2.4. Elektron xizmatlar ko‘rsatilishini kuzatish;

4.2.5. Elektron xizmatlarini ko‘rsatish sifati.

4.3. Axborot xavfsizligi

4.3.1. Axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha normativ-hujjatlarning ishlab chiqilganligi;

4.3.2. Axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tashkiliy va texnik choralar ko‘rilganligi.

4.4. Axborot tizimlari

4.4.1. Tashkilot faoliyatida foydalaniladigan axborot tizimlari, shu jumladan ichki jarayonlarni tashkil qilishda foydalanadigan, ixtisoslashgan axborot tizimlar;

4.4.2. Moddiy-texnika resurslarining hisobi va hisobotini tartibga solish, ishlab chiqarilgan mahsulotlar iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni tartibga solish maqsadida foydalaniladigan axborot tizimlari.

4.5. Tashkiliy qism

4.5.1. Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish;

4.5.2. Kelgusi yillar uchun raqamli rivojlanish strategiyasining mavjudligi.

3-bob. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligi indikatorlarini hisoblash va reyting baholash

  1. Reyting baholash indikatorlar kesimida quyidagi mas’ul davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi — 4.1.1 — 4.1.3 indikatorlar bo‘yicha;

Davlat statistika qo‘mitasi — 4.1.4 indikatori bo‘yicha;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Axborot texnologiyalari vazirligi) — 4.1.5 — 4.1.7, 4.4 va 4.5 indikatorlar bo‘yicha;

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi — 4.2 indikator bo‘yicha;

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK — 4.3 indikator bo‘yicha.

  1. Reyting baholash indikatorlarini hisoblash “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tashkilotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish loyihalarining amalga oshirilishini reyting baholash bo‘yicha metodikasiga muvofiq NIS.UZ-axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
  2. Indikatorlarni hisoblashda rasmiy statistik va tahliliy ma’lumotlardan foydalaniladi.
  3. Rasmiy statistik va tahliliy ma’lumotlar ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida raqamli transformatsiya holatini reyting baholash sxemasiga asosan tashkilotlar har hisobot davri yakunidan keyingi oyning 15 sanasiga qadar NIS.UZ-axborot tizimiga kiritadilar.
  4. Ushbu Nizomning 5-bandida keltirilgan mas’ul davlat organlari tashkilotlar tomonidan NIS.UZ-axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar asosida reyting baholashni amalga oshirib, natijalarini har hisobot davri yakunidan keyingi oyning 25 sanasiga qadar umumlashtirish uchun Axborot texnologiyalari vazirligiga kiritadilar.
  5. Axborot texnologiyalari vazirligi tashkilotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reyting baholash yakunlarini umumlashtiradi, reytingni shakllantiradi hamda tahliliy ma’lumotlarni har hisobot davri yakunidan keyingi oyning 30 sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasiga taqdim qiladi.
  6. Reyting bahosining natijalari “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi komissiyasi yig‘ilishlarida tanqidiy muhokama qilinadi.
  7. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligi darajasi aniqlangan indikatorlarning miqdoriga qarab, 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratiladi.
  8. Indikatorlarni reyting baholash natijalariga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligi darajasi reyting bali bo‘yicha:

71 balldan 100 ballgacha bo‘lgan tashkilot — “yashil”;

55 balldan 71 ballgacha bo‘lgan tashkilot — “sariq”;

55 balldan past bo‘lgan tashkilot — “qizil” deb topiladi.

4-bob. Reyting baholash natijalari bo‘yicha tashkilotlar xodimlarini rag‘batlantirish va shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish

  1. Reyting baholash natijalari bo‘yicha tegishli tashkilotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligi darajasiga ko‘ra Axborot texnologiyalari vazirligining taklifiga asosan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi komissiyasi bayoni bilan:

hisobot yilida “yashil” deb topilgan tashkilotlar rahbarlari va ularning raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlari keyingi hisobot davri uchun reyting baholash natijalari e’lon qilinguniga qadar har oyda lavozim maoshlarining 30 foizi miqdorida rag‘batlantiriladi;

hisobot yilida ikki marta “qizil” deb topilgan tashkilotlar rahbarlari va ularning raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlariga qonunchilikda belgilangan tartibda jarima qo‘llaniladi yoki jarima qo‘llash haqida taklif kiritiladi.

  1. Reyting baholash yakunlari bo‘yicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligi darajasi “yashil” deb topilgan tashkilotlarning ijobiy ish tajribasi boshqa tashkilotlar o‘rtasida ommalashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘riladi.

5-bob. Hududlarning raqamli rivojlanish darajasini reyting baholash

  1. Hududlarning reyting baholash ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar bo‘yicha alohida hisoblab chiqiladi.
  2. Hududlarning reyting baholash ko‘rsatkichlari quyidagilarning holatini tavsiflovchi indikatorlarni hisoblash asosida aniqlanadi:

17.1. Telekommunikatsion infratuzilma

Internet jahon axborot tarmog‘i bilan qamrov darajasi;

Keng polosali mobil aloqa tarmog‘i bilan qamrov darajasi;

Optik tolali aloqa liniyalari bilan qamrab olinganlik ulushi;

Simsiz Wi-Fi ulanish nuqtalarining ulushi;

Telekommunikatsiya xizmatlarining sifati.

17.2. Raqamli iqtisodiyot

Elektron tijorat subyektlarining soni;

Elektron schet-fakturadan foydalangan xo‘jalik korxonalarining ulushi;

Onlayn nazorat-kassa mashinalariga ulangan xo‘jalik korxonalarining ulushi;

Elektron tijorat aylanmasi;

Yalpi ichki (hududiy) mahsulotdagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya tarmog‘ining ulushi;

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida tovarlar va xizmatlarning eksport hajmi;

Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi — IT-kompaniyalar ulushi;

Elektr va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan “aqlli” hisoblagichlar ulushi;

Suv omborlari, viloyat va tumanlararo irrigatsiya tizimlari, tuman irrigatsiya tizimlarida avtomatlashtirilgan qurilmalarni o‘rnatish;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilgan xizmatlar ulushi;

Bozor xizmatlari tuzilmasida IT-xizmatlar ulushi;

IT-park rezidentlari ulushi.

17.3. Ijtimoiy obyektlarda tarmoq texnologiyalardan foydalanish

Ijtimoiy obyektlarning Internet jahon axborot tarmog‘iga ulanganlik ulushi;

Ijtimoiy obyektlarning Internet jahon axborot tarmog‘idan haqiqatda foydalanishi ulushi;

Ijtimoiy obyektlarning iqtisodiy ahamiyatga ega axborot tizimi komplekslariga ulanganligi ulushi.

17.4. Raqamli ta’lim

Xodimlarini AKT sohasida malakasini oshirgan korxonalar ulushi;

Maktablarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha diplomga ega informatika o‘qituvchilari bilan ta’minlanganligi;

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ishlovchi xodimlarning ulushi;

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarining mavjudligi;

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari kurslari bitiruvchilari soni;

“Bir million dasturchi” dasturida ishtirok etganlar ulushi.

6-bob. Hududlarni reyting baholash ko‘rsatkichlarini hisoblash va baholashni amalga oshirish umumiy tartibi

  1. Hududlarni reyting baholash ko‘rsatkichlarini hisoblash “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan Hududlarning raqamli rivojlanish darajasini reyting baholash metodikasiga muvofiq NIS.UZ-axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
  2. Hududlarni reyting baholash ko‘rsatkichlarini hisoblashda rasmiy statistik va tahliliy ma’lumotlardan foydalaniladi.
  3. Rasmiy statistik va tahliliy ma’lumotlar ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan Hududlarning raqamli rivojlanish darajasini reyting baholashni amalga oshirish sxemasiga asosan mas’ul davlat organlari tomonidan har hisobot davri yakunidan keyingi oyning 15 sanasiga qadar NIS.UZ-axborot tizimiga kiritiladi.
  4. NIS.UZ-axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar asosida Axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan har hisobot davri yakunidan keyingi oyning 25 sanasiga qadar reyting baholashni amalga oshiradi.
  5. Axborot texnologiyalari vazirligi hududlarni reyting baholash yakunlari asosida reytingni shakllantiradi hamda tahliliy ma’lumotlarni har hisobot davri yakunidan keyingi oyning 30 sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasiga taqdim qiladi.
  6. Hududlarni reyting baholash natijalari hisoblash “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi yig‘ilishlarida tanqidiy muhokama qilinadi.
  7. Hududlarni reyting baholash darajasi aniqlangan indikatorlarning miqdoriga qarab 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, “qizil”, “sariq” va “yashil” deb topiladi.
  8. Indikatorlarni baholash natijalariga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligi darajasi reyting bali bo‘yicha:

71 balldan 100 ballgacha bo‘lgan hudud — “yashil”;

55 balldan 71 ballgacha bo‘lgan hudud — “sariq”;

55 balldan past bo‘lgan hudud — “qizil” toifalarga ajratiladi.

  1. Reyting baholash natijalari bo‘yicha tegishli hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligi darajasiga ko‘ra Axborot texnologiyalari vazirligining taklifiga asosan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi komissiyasi bayoni bilan:

hisobot yilida “yashil” deb topilgan hududlar rahbarlari va ularning raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlari keyingi hisobot davri uchun reyting baholash natijalari e’lon qilinguniga qadar har oyda lavozim maoshlarining 30 foizi miqdorida rag‘batlantiriladi;

hisobot yilida ikki marta “qizil” deb topilgan hududlar rahbarlari va ularning raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlariga qonunchilikda belgilangan tartibda jarima qo‘llaniladi yoki jarima qo‘llash haqida taklif kiritiladi.

  1. Reyting baholash yakunlari bo‘yicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligi darajasi “yashil” deb topilgan tashkilotlarning ijobiy ish tajribasi boshqa tashkilotlar o‘rtasida ommalashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘riladi.

7-bob. Yakunlovchi qoidalar

  1. Axborot texnologiyalari vazirligi zarurat bo‘lganda, reyting ko‘rsatkichlari ro‘yxati hamda ularni hisoblash usullariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolatiga ega.
  2. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda hududlarni raqamli transformatsiya holatini reyting baholash tartibi to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA

Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida raqamli transformatsiya holatini reyting baholash

Bosqichlar

 

Tadbirlar

 

Muddatlar

 

Mas’ul organlar

       

1-bosqich

 

Axborot texnologiyalariga mas’ul tarkibiy bo‘linmalar rasmiy statistik va tahliliy ma’lumotlarni to‘plash va NIS.UZ-axborot tizimiga kiritish

 

Hisobot davri yakunidan keyingi oyning 15 sanasiga qadar

 

Davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

       

2-bosqich

 

NIS.UZ-axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni tahlil qilish va reyting baholashni amalga oshirish hamda umumlashtirish uchun Axborot texnologiyalari vazirligiga kiritish

 

Hisobot davri yakunidan keyingi oyning 25 sanasiga qadar

 

Axborot texnologiyalari vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Davlat statistika qo‘mitasi,

Davlat xizmatlari agentligi,

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

       

3-bosqich

 

Davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligini reyting baholash yakunlarini umumlashtirish, reytingni shakllantirish

 

Hisobot davri yakunidan keyingi oyning 30 sanasiga qadar

 

Axborot texnologiyalari vazirligi

       

4-bosqich

 

Reyting natijalarini va tahliliy natijalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish

 

Hisobot davri yakunidan keyingi oyning 30 sanasiga qadar

 

Axborot texnologiyalari vazirligi

Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda hududlarni raqamli transformatsiya holatini reyting baholash tartibi to‘g‘risida nizomga
2-ILOVA

Hududlarning raqamli rivojlanish darajasini reyting baholashni amalga oshirish

SXEMASI

Bosqichlar

 

Tadbirlar

 

Muddatlar

 

Mas’ul organlar

       

1-bosqich

 

Hududlarni raqamli rivojlanish darajasi bo‘yicha statistik va tahliliy ma’lumotlarni NIS.UZ-axborot tizimiga kiritish

 

Hisobot davri yakunidan keyingi oyning 15 sanasiga qadar

 

Axborot texnologiyalari vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Davlat statistika qo‘mitasi,

Davlat soliq qo‘mitasi,

“Hududgazta’minot” AJ,

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

       

2-bosqich

 

NIS.UZ-axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar asosida reyting baholashni amalga oshirish va hududlarni reyting baholash yakunlari asosida reytingni shakllantirish

 

Hisobot davri yakunidan keyingi oyning 25 sanasiga qadar

 

Axborot texnologiyalari vazirligi

       

3-bosqich

 

Reyting natijalarini va tahliliy natijalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish

 

Hisobot davri yakunidan keyingi oyning 30 sanasiga qadar

 

Axborot texnologiyalari vazirligi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-son qaroriga
2-ILOVA

Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirishni baholash, soha ko‘rsatkichlari hisobini yuritishni samarali tashkil etish bo‘yicha

“YO‘L XARITASI”

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Ijro uchun mas’ullar

I. Reyting baholash axborot tizimini amaliyotga joriy etish

1.

Reyting baholash axborot tizimini elektron hukumat hamda tegishli vazirlik va idoralar tizimlari, shuningdek, “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning Axborot va kiberxavfsizlik monitoringi tizimi bilan integratsiya qilish.

1. Axborot tizimini integratsiya qilish bo‘yicha texnologik yo‘riqnomalar ishlab chiqish.

2021-yil 15-iyul

Axborot texnologiyalari vazirligi, “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK

2. Texnologik yo‘riqnomalar asosida tizimlarni integratsiya qilish.

2021-yil 20-iyul

2.

Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining reyting baholash axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritishga mas’ul xodimlarini belgilash va ularni bosqichma-bosqich tizimga ulash.

1. Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tizimiga ma’lumotlarni kiritishga mas’ul xodimlarni belgilash.

2021-yil 10-iyul

Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

2. Mas’ul xodimlarni tizimdan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘quv seminarlar tashkil etish.

alohida reja-jadval asosida

Axborot texnologiyalari vazirligi, manfaatdor davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

3. Mas’ul xodimlarni tizimga ulash va ma’lumotlar kiritilishining tashkil etish.

har yili 15-yanvarga,

15-iyulga qadar

3.

Reyting baholash axborot tizimida baholash natijalarini e’lon qilish.

1. O‘tkazilgan reyting baholash natijalarini umumlashtirish hamda tahliliy ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish va axborot tizimida e’lon qilish.

har yili 30-yanvarga va 30-iyulga qadar

Axborot texnologiyalari vazirligi, “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK

2. Reyting baholash natijalarini “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish.

belgilangan muddatlarda

Muvofiqlashtirish komissiyasi

4.

Reyting baholash axborot tizimida e’lon qilingan natijalarga asosan ko‘rsatkichlarni ko‘tarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish.

1. Reyting baholash natijalaridan kelib chiqqan holda, ko‘rsatilgan kamchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tarmoq jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

har chorakda zaruratga muvofiq

Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

2. Kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tarmoq jadvali ijrosini ta’minlash.

belgilangan muddatlarda

5.

Reyting baholash axborot tizimi axborot tizimining sifatli va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash.

Tizimni texnik qo‘llab-quvvatlash va doimiy ravishda takomillashtirib borish.

muntazam
ravishda

Axborot texnologiyalari vazirligi

II. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati to‘g‘risidagi statistik ko‘rsatkichlarni to‘plash va shakllantirish va baholashni samarali tashk�l etish

6.

Xalqaro tajriba asosida Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati, shu jumladan elektron tijorat sohasi to‘g‘risidagi milliy statistika amaliyotini takomillashtirish.

1. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati to‘g‘risidagi statistik ko‘rsatkichlarni inventarizatsiya qilish.

2021-yil iyul

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi

2. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati, shu jumladan elektron tijorat sohasi to‘g‘risida yetishmaydigan statistik ko‘rsatkich davlat statistika hisoboti, idoraviy hisobot va kuzatuvlarga kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2021-yil sentyabr

3. Takliflarni o‘rganib chiqqan holda davlat statistika hisoboti va kuzatuvlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

2021-yil noyabr

7.

Raqamli iqtisodiyotni baholash bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish.

1. Quyidagi xalqaro tashkilotlar davlatlar tajribasini o‘rganish:

BMTning Statistika bo‘limi standartlari;

Yevrostat (Reference Metadata in Euro SDMX Metadata Structure (ESMS), ICT sector. Compiling agency: Eurostat) standartlari;

Janubiy Koreya va Malayziya davlatlari tajribasi.

2021-yil davomida

Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi

2. Xalqaro tashkilotlar bilan videokonferensaloqa shaklida seminarlar tashkil etish.

2021-2022-yillar

8.

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati to‘g‘risidagi statistik ko‘rsatkichlarning holati bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish va uni milliy statistika amaliyotiga joriy etish bo‘yicha idoralararo normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish.

1. Raqamli iqtisodiyoti va elektron tijorat sohasida statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘yicha xalqaro tajriba va standartlarni o‘rganish va tahlil qilish.

2021-yil iyul

Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

2. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati to‘g‘risidagi statistik ko‘rsatkichlarning hisobi yuritilishini ta’minlash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi idoralararo normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish:

axborot-kommunikatsiyalari texnologiyalari xizmatlarini iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi (IFUT) asosida qayta ko‘rib chiqish;

mazkur xizmatlarning f�oliyat turlari bo‘yicha hajmlarini aniqlash;

raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati to‘g‘risidagi statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘yicha milliy statistikani shakllantirish tartibini belgilash.

2021-yil sentyabr-oktyabr

3. Idoralararo normativ hujjat loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va tasdiqlash.

2021-yil dekabr

9.

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati to‘g‘risidagi statistika hisobini yuritish va uning qamrovini kengaytirish choralarini ko‘rish.

1. Davlat statistika hisobi va boshqa rasmiy axborot resurslardan foydalangan holda Raqamli iqtisodiyot sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarni aniqlash, ularning ro‘yxatini tuzish.

2021-yil iyul

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi

2. Raqamli iqtisodiyot sohasidagi statistik hisobotlarning to‘g‘ri va to‘liq ko‘rsatilishini rag‘batlantirish maqsadida mavjud imtiyozlar va preferensiyalarni o‘rganib chiqib, ularni yanada takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2021-yil avgust

10.

O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat olib boruvchi jismoniy shaxslar kuzatuvini yo‘lga qo‘yish.

1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat olib boruvchi jismoniy shaxslar kuzatuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida:

jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvini 2021-yil uchun davlat statistika ishlari dasturiga kiritish;

har yili kamida bir marotaba tanlanma kuzatuv, shu jumladan, internet tarmog‘i orqali so‘rovnomalar shaklida kuzatuv o‘tkazish.

2021-yil davomida

Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi

2. Tanlanma kuzatuv o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan respondentlar ro‘yxatini shakllantirish, bunda quyidagilarni amalga oshirish:

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar ro‘yxatini shakllantirish, ularning hisobini yuritish;

Bir million dasturchi loyihasiga a’zo bo‘lganlar orasida tanlanma kuzatuv o‘tkazish.

2021-yil davomida

Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi

11.

Davlat idoralari va tashkilotlarida axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini amaliyotga joriy etish va muntazam foydalanish orqali idorada erishiladigan iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash choralarini ko‘rish.

1. Tizimlarni joriy etish va muntazam foydalanish orqali idorada erishiladigan iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish.

2021-yil sentyabr

Axborot texnologiyalari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi

2. Axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini joriy etish orqali erishiladigan iqtisodiy ko‘rsatkichlar ro‘yxatini shakllantirish.

2022-yil yanvar

3. Ro‘yxat asosida samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash tartibini ishlab chiqish.

2022-yil may

4. Tartibni amaliyotda joriy etilayotgan tizimlarda sinovdan o‘tkazish va uning natijasi bo‘yicha uni takomillashtirish choralarini ko‘rish.

2022-yil noyabr

12.

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot sohasida yig‘ma ko‘rsatkichlarni ommalashtirish.

1. Mavjud statistik va tahliliy ma’lumotlar asosida “O‘zbekiston Respublikasida axborotlashtirilgan jamiyat rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari” nomli statistik to‘plamni tuzish va uni ta’lim, ilmiy muassasalar va tadbirkorlar orasida ommalashtirish.

2021-2022-yillar, doimiy ravishda

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

2. Rasmiy veb-saytlarda hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid ommaviy axborot vositalarida “Raqamli iqtisodiyot” ruknini joriy etish hamda ularni statistik va tahliliy ma’lumotlar bilan doimiy boyitib borish.

2021-yil iyuldan boshlab har oyning 5 sanasiga qadar

Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi

13.

2021 — 2023-yillarda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida raqamli iqtisodiyot sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.

“Raqamli O‘zbekiston — 2030” dasturini samarali amalga oshirish vazifalari asosida raqamli iqtisodiyot rivojlanishini baholash ko‘rsatkichlari tizimini shakllantirish va takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish.

1. Axborot texnologiyalari vazirligi huzuridagi Raqamli tadqiqotlar markazi bazasida iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi doirasida raqamli iqtisodiyot, jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektori ko‘rsatkichlari, ularning mamlakat iqtisodiyotidagi hissasini aniqlash, statistika tizimida AKTni qo‘llash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.

2021-yildan boshlab muntazam ravishda

Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi

2. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inxa universiteti va Toshkent shahridagi Amiti universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va boshqa iqtisodiy ta’limmuassasalarida o‘quv dasturlardagi fanlarga “Raqamli iqtisodiyot” mavzusini kiritish.

2021-2022-yillar

Axborot texnologiyalari vazirligi

14.

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati to‘g‘risidagi statistik ko‘rsatkichlarni to‘plash va shakllantirishni samarali tashkil etish bo‘yicha harakatlar rejasi ijrosini tizimli nazorat qilib borish.

1. Harakatlar rejasi bandlari ijrosi yuzasidan muhokamalar o‘tkazib borish.

alohida reja asosida

Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi

2. Harakatlar rejasining bajarilishi yuzasidan ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlilini olib borish hamda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot kiritib borish.

har chorak yakunidan keyingi oyning 15 sanasiga qadar

15.

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati to‘g‘risidagi statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish va baholash jarayonida mas’ul idoralar o‘rtasida samarali ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

1. Raqamli iqtisodiyot, shu jumladan elektron tijorat bilan bog‘liq davlat va idoraviy statistika hisobi va boshqa axborot resurslaridagi ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

2021-yil iyuldan muntazam

Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

2. Idoralar tomonidan ma’lumotlarni o‘rganib chiqish va ilg‘or xalqaro tajribaga tayangan holda Respublikada yagona raqamli iqtisodiyotning rivojlanish holati to‘g‘risidagi statistik ko‘rsatkichlar bazasini shakllantirib borish.

2021-2022-yillar

3. Shakllantirilgan statistik ko‘rsatkichlar to‘plamini Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilayotgan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish, kelgusida prognozlashtirish imkonini beruvchi “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimiga kiritilishini ta’minlash.

2022-2023-yillar

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-son qaroriga
3-ILOVA

Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qo‘yiladigan

ASOSIY TALABLAR

1-bob. Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytida joylashtirish uchun majburiy bo‘lgan axborotlar ro‘yxati

  1. Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organining rasmiy veb-saytida (keyingi o‘rinlarda — rasmiy veb-sayt) joylashtirilishi majburiy bo‘lgan axborotlarga quyidagilar kiradi:

davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organining huquqiy maqomini, shu jumladan uning tarkibiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning tashkiliy tuzilmasi, vazifalari va funksiyalarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar;

davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro munosabatlar masalalarini, shu jumladan tartib-taomillar, davlat xizmatlarini va xizmatlarning boshqa turlarini ko‘rsatish muddatlari va qiymatini tartibga soluvchi hujjatlar (cheklangan holda tarqatiladigan va tijorat siri mavjud bo‘lgan hujjatlar bundan mustasno);

davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari faoliyatiga taalluqli yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar (zarur bo‘lgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari bilan birga);

jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish to‘g‘risidagi hujjatlar;

oldin davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi faoliyati sohasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Hukumat hamda davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan dasturlar to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar;

davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlarining bo‘lajak va o‘tkazilgan ommaviy tadbirlari (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, seminarlar va brifinglar, davra suhbatlari, rasmiy tashriflar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, kundalik faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotlar;

davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organining boshqa davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

amalga oshirilishida davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar to‘g‘risidagi axborotlar;

davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi faoliyati sohasiga kiradigan tarmoqning holatini, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda uning rivojlanish dinamikasini tavsiflaydigan asosiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi, uning tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan tovarlar yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) bo‘yicha ochiq tanlovlar (tendyerlar) va kimoshdi savdolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari va nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

rasmiy veb-saytning axborot materiallaridan foydalanishda unga havolalar majburiy ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi talab;

davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladigan qonun hujjatlari va normativ hujjatlar loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi tomonidan tashkil etilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari (komissiyalar, kengashlar, qo‘mitalar va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

majlis kun tartibi loyihalari, shuningdek, sana, vaqt, o‘tkazish joyi va ularda qatnashish tartibi ko‘rsatilgan holda ochiq majlislar o‘tkazish rejalari;

davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi rasmiy veb-saytda joylashtirish zarur deb hisoblaydigan boshqa umumiy foydalaniladigan axborotlar va ma’lumotlar;

saytdan foydalanish, shuningdek, saytdagi mavjud atamalarning ahamiyati bo‘yicha yo‘riqnoma.

O‘zbekiston Respublikasiga investitsiya kiritish uchun qaror qabul qilish uchun zarur bo‘ladigan statistik va boshqa axborotlar.

  1. Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati tomonidan mulkdor (muassis, aksiyador, ishtirokchi) funksiyalari amalga oshirilganda ular tomonidan ushbu davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitali, davlat ulushi, har chorak va yil yakunlari bo‘yicha buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, ish o‘rinlari soni, boshqaruv va nazorat organlari tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (cheklangan holda tarqatiladigan va tijorat siri mavjud bo‘lgan hujjatlar bundan mustasno) o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi.
  2. Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi tomonidan rasmiy veb-sayt orqali ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlari ro‘yxatiga quyidagilar majburiy tartibda taqdim etiladi:

davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, biografik ma’lumotlar va ular bilan bog‘lanish ma’lumotlari, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish kunlari shuningdek soatlari);

davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi va uning bo‘linmalarining (shu jumladan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘linmalarining) telefon raqamlari va manzilli rekvizitlari (pochta, elektron manzili va boshqalar), ularning ish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ma’lumotlar berish xizmati va ishonch telefonlarining raqamlari, kirish yo‘llari, to‘xtash joylari va jamoat transporti raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

davlat xizmatlaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan shakllar va blankalar, shuningdek boshqa axborot (bank rekvizitlari, manzillar va shu kabilar), shuningdek davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organining erkin ko‘chirish uchun statistika hisoboti;

yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari, shikoyatlari davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organining faoliyati to‘g‘risida ma’lumot olishga so‘rovlari va boshqa murojaatlarini qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi axborotlar;

davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organining faoliyati to‘g‘risidagi tahliliy ma’ruzalar va axborot tusidagi sharhlar, yil choragi va yillik hisobotlar, shuningdek tarmoqning holati to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlar;

davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi rahbarlarining rasmiy nutqlari va bayonotlari matnlari;

davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organining statistik axborotlari;

Internet tarmog‘idagi boshqa tegishli veb-saytlarga va O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga havolalar;

teskari aloqa qilish imkoniyatlari, yuridik va jismoniy shaxslarning hisobotlari, xatlari, arizalari, shikoyatlarini davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organining faoliyati to‘g‘risida ma’lumot olishga so‘rovlari va murojaatlarining boshqa shakllarini qabul qilish (elektron raqamli imzodan foydalanishga qarab);

davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organining matbuot xizmati to‘g‘risidagi ma’lumotlar (mas’ul xodimlar bilan aloqaga kirishish to‘g‘risidagi ma’lumotlar);

davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati;

“Elektron davlat xizmatlari” va “Ochiq ma’lumotlar” alohida bo‘limlari;

elektron pochta orqali hamda e’lonlar va yangiliklarni yetkazib berishning ommaviy avtomatlashtirilgan formatlari (shu jumladan SMS yuborish yo‘li bilan) orqali rasmiy veb-saytni yangilashga yozilish imkoniyati;

davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organining “Elektron hukumat” tizimida qatnashishi, uning roli va qatnashishi xususiyati, shuningdek ushbu sohada amalga oshiriladigan tadbirlar (qanday davlat xizmatlari ko‘rsatiladi, qanday ma’lumotlar ayirboshlanadi va shu kabilar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

aholi va tadbirkorlik subyektlarining tez-tez beriladigan savollariga javoblar;

ularni ko‘rsatish davlat organi vakolatiga kiradigan davlat xizmatlari ko‘rsatilgan holda davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestridan ko‘chirma yoki bunday axborot mavjud bo‘lgan Davlat xizmatlari yagona reyestriga havola.

  1. Rasmiy veb-saytda boshqa manbalardan axborotlarni joylashtirishga faqat axborot manbai ko‘rsatilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.

2-bob. Rasmiy veb-saytni yuritishga qo‘yiladigan talablar

  1. Rasmiy veb-saytda joylashtirilgan asosiy axborotlardan foydalanish erkin va bepul bo‘lishi kerak.

Elektron davlat xizmatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pulli asosda ko‘rsatilishi mumkin.

  1. Rasmiy veb-saytga joylashtirilayotgan axborotlarning sanasi ko‘rsatilishi va ular muntazam yangilab borilishi kerak. Axborotlarni yangilab borish muddati davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi tomonidan belgilanadi, biroq axborotlar bir haftada kamida bir marta yangilanib borishi kerak.

Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari o‘zlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni (zarur bo‘lgan taqdirda axborot-tahliliy materiallari bilan birga) o‘zlarining rasmiy veb-saytlariga normativ-huquqiy hujjat rasman e’lon qilingandan keyin bir kundan kechikmay joylashtirishga majburdir.

  1. Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi rahbarning buyrug‘i bilan rasmiy veb-saytdagi axborotlarni shakllantirish, joylashtirish, shuningdek, yangilab borish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarni (bo‘linmani) belgilaydi.
  2. Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organining rasmiy veb-sayti Internet tarmog‘idagi “.UZ” domen zonasida va O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida serverda jismoniy joylashtirilishi kerak (xosting).
  3. Rasmiy veb-saytdagi axborotlar davlat tilida taqdim etilishi kerak. Rasmiy veb-sayt axborotlari boshqa tillardagi versiyaga ega bo‘lishi mumkin.
  4. Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan axborotlarning yo‘q qilinishi, to‘sib qo‘yilishi, buzib talqin qilinishi, qalbakilashtirilishining hamda boshqa shakllardagi ruxsatsiz aralashuvlarning oldini olish bo‘yicha tegishli muhofaza chora-tadbirlarini ko‘rishi kerak.
  5. Barcha davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida joriy etish uchun majburiy bo‘lgan asosiy funksiyalarga quyidagilar tegishlidir:

veb-sayt bo‘yicha kengaytirilgan izlash, shuningdek boshlang‘ich izlash natijasi asosida chuqur izlash vazifalari;

mobil qurilmalar uchun adaptatsiya qilingan dizaynli veb-sayt versiyasi;

imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun qo‘shimcha qulayliklarni taqdim etish (kontrastni qo‘shish, shriftni kattalashtirish, ovoz jo‘rligi funksiyalari va boshqalar);

veb-saytga xavfsiz kirishni taqdim etish (maxfiy axborotni uzatishni yoki pulli xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutuvchi saytlar uchun);

fuqarolar murojaatlarining ko‘rib chiqilishi holati va vaqtini, shuningdek elektron davlat xizmatlar ko‘rsatish holatini kuzatib borish, shu jumladan elektron pochtaga va/yoki arizachining mobil telefoniga bildirishnomalar yuborish;

muhokama qilish rejimida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish;

jamoatchilik fikrini o‘rganish vositalari va davlat organi faoliyatiga tegishli masalalarni muhokama qilish (onlayn-so‘rovlar, bloglar, forumlar, onlayn-chat);

kirishlarni nazorat qilish va statistika vositalari;

veb-sayt orqali xizmatlardan foydalanishning hisobini yuritish mexanizmi.

  1. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida joriy etish uchun majburiy bo‘lgan asosiy funksiyalarga qo‘shimcha ravishda quyidagilar tegishlidir:

erni egalik qilish, foydalanish uchun berish va korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo‘jaliklari, fuqarolarga ijaraga berish to‘g‘risidagi axborotlar;

dastlabki ko‘rib chiqish va masalalarni sessiyaga tayyorlash bo‘yicha doimiy va vaqtinchalik komissiyalarning ro‘yxati va tarkibi;

hokimlarning aholi va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qarorlari reyestri.

  1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki idoraviy mansub tashkilotlar orqali aholiga va tadbirkorlik subyektlariga xizmatlar ko‘rsatuvchi yoki tovarlarni sotuvchi xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan davlat unitar korxonalari o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida majburiy tartibda quyidagi funksiyalarni nazarda tutishlari kerak:

tovarlar va xizmatlarning turlari va qiymatlari (tariflari) to‘g‘risidagi to‘liq va dolzarb ma’lumotlarni qulay shaklda taqdim etish;

Internet tarmog‘i orqali tovarlar va xizmatlarga elektron haq to‘lash va tasdiqlash imkoniyati.

  1. Rasmiy veb-saytlar orqali aholiga va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutishlari kerak:

mobil qurilmalar yordamida arizalar, deklaratsiyalar, so‘rovnomalar, blankalar va boshqa zarur hujjatlarning elektron shakllarini to‘ldirish;

mobil qurilmalar yordamida jarimalar, soliqlar, davlat bojlari va boshqa to‘lovlarga on-layn haq to‘lash;

xizmatlar ko‘rsatishga so‘rovni rasmiylashtirishda (shakllarni to‘ldirishda) hujjatlarning elektron versiyalarini biriktirish.

3-bob. Rasmiy veb-saytning tarkibiga qo‘yiladigan talablar

  1. Rasmiy veb-sayt axborotlari tarkibi uning faoliyati xolisona yoritilishini ta’minlashi kerak.
  2. Rasmiy veb-saytga joylashtirilgan axborot ishonchli bo‘lishi kerak. Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organi rahbarlari rasmiy veb-saytga joylashtiriladigan axborotlarning ishonchliligi uchun javob beradilar.
  3. Rasmiy veb-saytga joylashtiriladigan axborot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan axborot bilan teng kuchga ega bo‘ladi.
  4. Rasmiy veb-saytda davlat sirlariga, xizmatda foydalanishga taalluqli va qonun hujjatlari bilan e’lon qilish va tarqatish taqiqlangan boshqa axborotlar bo‘lmasligi kerak.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-son qaroriga
4-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari

RO‘YXATI

  1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 31-dekabrdagi 355-son qarori.
  2. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish va tarqatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2014-yil 8-iyuldagi 183-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
  3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 31-martdagi 74-son qaroriga ilovaning 20-bandi.
  4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 27-iyundagi 171-son qaroriga ilovaning 59-bandi.
  5. Vazirlar Mahkamasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida” 2016-yil 3-iyundagi 188-son qaroriga 4-ilovaning 8-bandi.
  6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi.
  7. Vazirlar Mahkamasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandi.
  8. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 14-apreldagi 218-son qarorining 7-bandi.
  9. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktabrdagi 674-son qarorining 5-bandi.

 

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2021-y., 09/21/373/0559-son)