Shu munosabat bilan, ijodkorni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor Botir Sangirov, Tasviriy san’at fakulteti dekani Shixnazar Jumaniyazov, Teatr bezagi rangtasviri kafedrasi mudiri Asliddin Ortiqovlar ustozni samimiy muborakbod etishib, institut rektori Abbosjon Mirzorahimovning samimiy tabrigi, ezgu tilaklari hamda diplom va esdalik sovg‘alarini taqdim etishdi.
Ahmadjon Orinov 1955-yil 11-iyun kuni Toshkent viloyati Bekobod tumanida tavallud topgan. 1980-yil Toshkent teatr va rassomlik san’at instituti institutini «Teatr rassomi» yо‘nalishini tamomlagan. Ijodkor Jizzax viloyati Yunus Rajabiy nomidagi musiqali drama teatrining bosh rassomi hamda Muqimiy nomidagi о‘zbek davlat musiqali teatrining sahnalashtiruvchi rassomi sifatida faoliyat yuritgan davrida о‘zbek va jahon dramaturgiyasining eng sara asarlarini sahnalashtirishda ishtirok etib, teatr san’atining rivojiga munosib hissa qо‘shib kelmoqda.
Shuningdek, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Teatr bezagi rangtasviri kafedrasidagi uzoq yillik faoliyati davomida kо‘plab yetuk shogirdlarni tarbiyalab kelmoqda. Mehnat faoliyati davomida о‘zining namunali xulq-atvori va jonkuyarligi bilan hamkasblari va institut jamoasiga о‘rnak bо‘lib kelayotgan ajoyib ustoz Ahmadjon Orinovni qutlug‘ 67 yoshlari bilan samimiy muborakbod etib, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va mehnat faoliyatida ulkan zafarlar yor bо‘lishini tilab qolamiz.