Ma’lumki, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 16 nafar ijodkor yoshlari ikki nafar ustozlari hamrohligida Qoroqalpog‘iston Respublikasi Mо‘ynoq tumaniga ijodiy safar uyushtirib, tumanning bugungi hayoti haqida turkum asarlar yaratishdi.
1-iyul soat 17:00 da Toshkent fotosuratlar uyida ushbu ijodiy safar davomida yaratilgan ijodiy asarlar hamda ushbu jarayon aks etgan fotosuratlardan iborat “Mо‘ynoq rassomlar nigohida: kecha va bugun” deb nomlangan kо‘rgazmaning ochilish marosimi bо‘lib о‘tadi.
Soha mutaxassislari, ijodkor yoshlar hamda san’at ixlosmandlarini ushbu kо‘rgazmaga taklif etamiz.