О‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi, professor Ilhom Jabborov 76 yoshini qarshi oldi

Fursatdan foydalanib, mehnat faoliyati davomida о‘zining namunali xulq-atvori va jonkuyarligi bilan hamkasblari va institut jamoasiga о‘rnak bо‘lib kelayotgan ajoyib ustoz Ilhom Jabborovni qutlug‘ 76 yoshlari bilan samimiy muborakbod etib, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va mehnat faoliyatida ulkan zafarlar yor bо‘lishini tilab qolamiz.

 

Ilhom Jabborov 1946-yil 30-iyunda Toshkent viloyati, О‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Respublika rassomlik bilim yurti (1965-yil) va Toshkent teatr va rassomchilik san’ati institutini (1971-yil) tugatgan. 1995-yildan Respublika rassomchilik kollejida о‘qituvchi, 1997-yildan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutida haykaltaroshlik ustaxonasi rahbari lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda.

Professor Ilhom Jabborov asarlarida an’anaviy realistik haykaltaroshlik uslubiga xos xususiyatlar milliy mavzu va ta’sirchan obrazlarni ifodalashda о‘z aksini topgan. Dastgohli va mahobatli asarlari (portret, tarixiy shaxslar qiyofasi aks ettirilgan) umumlashma va ramziylik yо‘lida yaratilgan.

 

Ustoz-ijodkor Ilhom Jabborov yaratgan har bir haykal va monument vatanimiz timsoliga aylangan. Poytaxtimizdagi “Ezgulik”, “Mustaqillik” monumenti, “Amir Temur” haykali, Samarqand va Shahrisabzdagi “Amir Temur” haykallari gо‘zal ona diyorimizning kо‘rkiga kо‘rk qо‘shib turibdi.

 

 Ustoz hali-hanuz ijod bilan mashg‘ul va yosh haykaltaroshlarga  haykal yasashning sir-asrorlarini  о‘rgatib kelmoqdalar.