Amerika Qo’shma shtatining “Project HOPE-The People-to people Health Foundation” O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahridagi filiali Milliy matbuot markazida 2019 yilning 25 mart sanasida “Sil kasalligi yosh rassomlar nigohida” mavzusida konferensiya bo’lib o’tdi. Tadbirda turli tashkilotlar hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik dizayn institut talabalari ishtirok etdi.
Tasviriy san’at fakultetining “Miniatyura kitob grafikasi” yo‘nalishida tahsil olayotgan 4 nafar talabaning ijodiy ishlari ko’rgazma sifatida namoyish etildi.
Eslatib o‘tamiz, yuqorida ko‘rsatilgan tashkilot tomonidan 2018 yilning 11 dekabrida o‘tkazilgan ko‘rgazma dasturiga binoan, “Sil kassalligi yosh rassomlar nigohida” mavzusida plakatlar tanlovida quyidagi talabalar qatnashib, 1-o‘rinni 2-kurs talabasi Abduvoitova Zarnigor, 2-o‘rinni 4-kurs talabasi Abdullaev Xayitjon, 3- o‘rinni 1- kurs talabalasi Kenjaev Begzod, 4-o’rinni Tursunova Anastasiyalar egallab qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlangan edi. Munosib o’rin g’oliblarining ijodiy ishlari bugungi tadbirning ko’rgazmalar namoyishidan o’rin oldi.