Muhim xushxabar!

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bо‘yicha maslahatchi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Jabborova Nilufar Shavkatovna О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zolari qatoridan о‘rin egalladi.

Poytaxtimizning Adiblar xiyobonida о‘tkazilgan tantanali taqdirlash marosimida Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid tomonidan A’zolik guvohnomasi topshirildi.

 

Nilufar Jabborova 1982-yilda Qashqadaryo viloyatida tavallud topgan. О‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetida tahsil olgan. Mehnat faoliyati mobaynida, “О‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida,  “Yangi asr avlodi” nashriyot-matbaa ijodiy uyida, “G‘uncha”,  “Gulxan” jurnallarida, О‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligida samarali faoliyat yuritgan. Shuningdek, Nilufar Jabborova shu yilning fevral oyida О‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zoligiga ham qabul qilingan edi.

Institut rahbariyati mazkur e’tirof va erishilgan natija bilan Nilufar Jabborovani samimiy muborakbod etgan holda, kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida ulkan muvafaqqiyatlar tilaydi!