O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021–yil 24–sentyabrdagi 606-sonli qarori bilan ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari institutning ilmiy–pedagogik salohiyati va moddiy–texnik bazasini hisobga olgan holda institut kengashi tomonidan belgilanishini ko‘rsatib o‘tilgan.
Mazkur Qarorga asosan “Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti” Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021–yil 24–sentyabrdagi 606-sonli qarori bilan ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari institutning ilmiy–pedagogik salohiti va moddiy–texnik bazasini e’tiborga olib, ta’lim yo‘nalishlarining tillar kesimidagi 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul parametrlari tasdiqlangan.
Talabgorlarni “Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti”da kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 2-bosqichidan o‘qishga qabul qilish sirtqi ta‘lim shaklida va to‘lov–kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Hujjatlarni qabul qilish tartibi
Talabgorlar 10-iyuldan 10-avgustga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy ikkinchitalim.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadilar.
Talabgorlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ro‘yxatdan
o‘tihida tizimga shaxsiy ma’lumotlarini kiritishi va quyidagi hujjatlarni yuklashi talab etiladi:
– oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni
kiritadi;
– diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.
Bunda, xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari
belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.