Talabalar safiga qabul qilinganlar institutga taqdim etishi lozim bo’lgan hujjatlar ro’yxati

O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalariga о‘qishga qabul qilish jarayonlarini  muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan 2022 yil test sinovlari qaydnomasiga muvofiq talabalar safiga qabul qilish uchun tavsiya etilganlar institutga taqdim etishi kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:

1.    Rektor nomiga ariza; 

2.    Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);

3.    Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;

4.    Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)

5.    3,5×4,5 foto 8 ta;

6.    Hujjatlar yig‘ma jildi (papka dlya bumaga);

7.    Konvert A5 formatida;

8.    Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa)

 

9.    Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa).