Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda.
Bugun – 6 AVGUST!
Dizayn: libos va gazlamalar ta’lim yo‘nalishida kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova hamda institut rektori Abbosjon Mirzorahimov boshqa mas’ullar bilan birgalikda mazkur jarayonlarni bevosita kuzatib borishmoqda.
Ijodiy iste’dodga ega 150 nafardan ortiq yoshlar o‘z tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.