Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning “Zahira kuni” bo‘lib o‘tdi.
Mazkur “Zahira kuni”da hujjatlarini Davlat test markaziga topshirishda texnik xatoliklarga yo‘l qo‘ygan va xato-kamchiliklari to‘g‘irlangan abituriyentlar, shuningdek, betobligi va sog‘ligidagi muammolari sabab kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnasha olmagan va tibbiy ma’lumotnomaga ega abituriyentlar uchun alohida imtihon jarayonlari tashkil etildi.
MRDI Matbuot xizmati