O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti “Dastgohli rangtasvir” kafedrasi professori Axmadaliyev Fayzullaxan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq rassomi” faxriy unvoni bilan mukofotlandi.
Fayzullaxan Axmadaliyev 1950-yilda Qozog‘iston Respublikasi Chimkent viloyatida tavallud topgan. 1984-yilda Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida uzoq yillardan buyon samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Faxriy unvon muborak bo‘lsin!
MRDI Matbuot xizmati