Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektorining tegishli buyrug‘iga asosan Ozoda Hakimova institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Ozoda Hakimova shu kunga qadar Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, San’atshunoslik fakulteti dekan o‘rinbosari, Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani hokimi o‘rinbosari, Sho‘rchi tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimlarida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Ozoda Hakimovaning kelgusidagi faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!