“Zakovat” intellektual o’yinlarining yangi mavsumiga start berildi!

Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Zakovat” intellektual tur o‘yinlariga start berildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96-son qarori ijrosi yuzasidan, talaba-yoshlarni iste’dod va qobiliyatini rivojlantirish, intellektual salohiyatni ko‘tarish va ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Zakovat” intellektual o‘yinlarining birinchi tur musobaqalari tashkil etildi. Birinchi tur o‘yinlari klub koordinatori Sarvar Musurmonov tomonidan olib borildi.

 

Intellektual o‘yinlarda institutning eng ilg‘or va bilimdon yoshlaridan iborat 17 ta jamoa o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

 

O‘yin jarayonlari institut hakamlar hay’ati tomonidan baholab borilib, ushbu jarayonlarda bevosida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Botir Sangirov, Ijtimoiy-ma’naviy muhim barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi Qosimjon Mamajonov va Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshligi Ozoda Hakimova va San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti dekani Sayyora Saidovalar ishtirok etishdi.

 

Intellektual bilim bellashuvlari yana davom etadi. Bilimdonlar musobaqasining ikkinchi tur bellashuvlari 22-sentabr sanasida bo‘lib o‘tadi.

 

Ma’lumot uchun, turnir o‘yinlari haftaning har payshanba kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

 

MRDI Matbuot xizmat